O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.
Jumladan:
mahallada kambag‘allik darajasi 2,2 foizni tashkil etayotgani;
15 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilgani;
30 dan ortiq fuqarolarning bandligi ta’minlangani;
10 ta mikroloyiha ishga tushirilgani;
mazkur loyihalar doirasida 16 nafar fuqaro uchun yangi ish o‘rinlari yaratilgani qayd etildi.
Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.