Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi nomidan matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlar, tahririyat jamoalari, soha mutaxassislari va ijod ahlini samimiy muborakbod etamiz!

✅Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib, davlat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlash, amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqini ta’minlashda muhim vazifani bajarmoqda.

❗️Jurnalistika — bu nafaqat kasb, balki katta mas’uliyat, xolislik va fidoyilikni talab etadigan sharafli faoliyatdir. Sizlarning haqqoniy axborot tarqatish, dolzarb masalalarni yoritish va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lidagi mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq.

➡️Ayniqsa, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hudud rivoji, xalq manfaatlariga qaratilgan tashabbuslar va ezgu ishlar haqida jamoatchilikka tezkor va xolis axborot yetkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining hissasi beqiyosdir.

✍️Sizlarning qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz ta’sirchan, ijodiy faoliyatingiz samarali bo‘lishini, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi

Slide 1 of 1