Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA

BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA

2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun Oʻzbekiston bank tizimini zamonaviy talablar asosida tartibga solishga xizmat qiladi. Mazkur qonunda banklarni tashkil etish, ularga litsenziya berish, faoliyatini nazorat qilish hamda mijozlarning huquqlarini himoya qilish masalalari belgilangan.

Qonunga muvofiq, banklar o‘z faoliyatini qonuniylik, shaffoflik va ishonchlilik tamoyillari asosida amalga oshirishi lozim. Shuningdek, banklarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash, tavakkalchiliklarni boshqarish va bank sirini saqlash bo‘yicha muhim talablar o‘rnatilgan.

Mazkur qonun bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, investitsiyalarni jalb etish va aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatishni taʼminlashda muhim huquqiy asos hisoblanadi.

«Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun mamlakat bank tizimining samarali faoliyat yuritishini taʼminlaydigan muhim normativ-huquqiy hujjatdir. Uning amaliyotga joriy etilishi banklar faoliyatining shaffofligi, barqarorligi va mijozlar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1