Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

👥 Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, Vobkent tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi R.Aʼzamatov va kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.

📁Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-son qarori ijrosi muhokama qilindi.

🛣Hozirgi kunda, “Charmgaron” MFY Tadbirkor koʻchasi 51-uy va “Doʻstlik” MFY Toʻqimachi koʻchasi 40-uylar uchun qoʻshimcha umumfoydalanishdagi hojatxonaga ehtiyoj yoʻqligini inobatga olib, ushbu hojatxonalar uchun ajratiladigan mablagʻlarni “Charmgaron” MFY Bobur koʻchasi 89-91-uylarni bogʻlovchi ichki yoʻlaklar va 94-uyning old tomonidagi yoʻlaklarni dastlabki hisob kitoblarga koʻra jami 610 m2 boʻlgan beton qoplamasi bilan qoplab taʼmirlash ishlariga sarflanishi maqsadga muvofiq boʻlmoqda.
Yuqorida bayon etilganlarga asosan, Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining 27-martdagi VII-25-33-2-33-K/26-sonli qarorining 1-ilovasiga tegishli oʻzgartirish kiritish zarurati yuzaga kelayotganligini inobatga olib, belgilangan tartibda yangidan qurilish rejalashtirilgan umumfoydalanishdagi hojatxona binolari oʻrniga, “Charmgaron” MFY Bobur koʻchasi 89-91-uylarni bogʻlovchi ichki va 94-uylarning old tomonidagi jami 610 m2 boʻlgan yoʻlaklarni beton qoplamasi bilan qoplab taʼmirlash ishlariga oʻzgartirish kiritish taklifi kiritilmoqda

❓Yigʻilishda tegishli qarorlar qabul qilindi.
 

Slide 1 of 3