Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
#kengash_raisi 📌 Qayirma va Bog‘ixon mahallalarida kanalni betonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov, Ishtixon tumani hokimi o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilov bilan birgalikda Qayirma va Bog‘ixon mahallalari hududidan o‘tuvchi suv uzatish kanalida amalga oshirilayotgan betonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘orish tizimi faoliyatini yaxshilash, suv yo‘qotilishining oldini olish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi. Kanalning betonlashtirilishi natijasida suv o‘tkazish quvvati oshib, hududdagi dehqon va fermerlar uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.

Shuningdek, mas’ullar bilan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.

✅ Hudud infratuzilmasini yaxshilash va suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4