Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
#kengash_raisi 📌 Qayirma mahallasida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov, Ishtixon tumani hokimi o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilov bilan birgalikda Qayirma mahallasida tadbirkorlar tashabbusi bilan barpo etilayotgan “Yoshlar guzari - kasbga o‘rgatish markazi” qurilish ishlari bilan tanishdi.

Mazkur markaz yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, tumanning olis hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlar uchun kasb o‘rganish imkoniyatlarining yaratilayotgani muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, kasb egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Qayirma mahallasida bunyod etilayotgan ushbu markaz ham ana shu ezgu maqsadlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.
Qurilish jarayonida obyektning sifatli va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Yoshlarning kelajagiga qaratilgan bunday loyihalar mahallalar rivoji, bandlikni ta’minlash va hududning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4