Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati
🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

#24_ta_masala

📊Ko‘p qavatli uylar holati — nazoratda: Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati tahlil qilindi

🗣Bandixon tumanida ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash, hududlarni obodonlashtirish hamda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish masalalari Xalq deputatlari tuman Kengashi e’tiborida.

⏺Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Abdimo'minov tumandagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

💬 O‘rganishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi uchun qulay, xavfsiz va shinam yashash muhitini yaratishga qaratildi.

💬 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar:

🟢Texnik holat qoniqarsiz: Ko‘p qavatli uylarning podval va yerto‘lalarida sanitariya holati qoniqarsizligi, bolalar maydonchasi obodonlashtirish olib borilmaganligi aniqlandi.

💬 "Boshqaruv servis kompaniyalari aholiga xizmat qilish uchun tashkil etilgan. Ular o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, har bir xonadon egasining roziligini olishi shart." — dedi deputat X.Abdimo'minov.

🫥 Nazorat-tahlil tadbirlari natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilanib olindi.
Slide 1 of 9