Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

#24tavsiya

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Jo‘rabek Hafizov tomonidan “Ziyokor” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan yordam va xizmatlarning sifati yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy xodimning aholi murojaatlari bilan ishlash, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda manzilli yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini kuchaytirish va fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2