Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
ALPOMISH MAHALLASIDA MAHALLIY KENGASH NAZORATI: MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda bosh mutaxassis R.Mamashukurov shahardagi “Alpomish” mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati hamda mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, 6-yo‘nalish bo‘yicha mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va hal etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.

Shuningdek, 21-yo‘nalish doirasida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha ichki ishlar organlari, mahalla faollari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori hamda boshqa mas’ul xodimlarning hisobot va ma’lumotlari tinglanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 206-son qarori ijrosi yuzasidan mahallada olib borilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning bajarilish holati hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham o‘rganildi.

Suhbatlar davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

✅ Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash hamda aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish masalalari doimiy nazoratda saqlanadi.

Slide 1 of 2