Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
“Mahallabay” ishlash tizimi natija bermoqda: ishsizlar soni sezilarli qisqardi.
 “Mahallabay” ishlash tizimi natija bermoqda: ishsizlar soni sezilarli qisqardi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 3-Samad Raximov saylov okrugi deputati R.Xamrayev tomonidan mahallada hokim yordamchisi faoliyati, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash va fuqarolar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda oilalar daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan manzilli ishlar tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, yil boshida mahallada 123 nafar ishsiz fuqaro mavjud bo‘lgan bo‘lsa, olib borilgan tizimli ishlar natijasida ularning soni hozirgi kunda 62 nafarga kamaygan. Bu esa bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarning ijobiy samara berayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek:

🔹 ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
🔹 oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va daromad manbalarini ko‘paytirish;
🔹 imtiyozli kredit va subsidiyalar asosida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
🔹 kambag‘allik reyestridagi oilalar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida davom etadi.
Slide 1 of 6