Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
Hududiy dastur jamoatchilik nazoratida!

Hududiy dastur jamoatchilik nazoratida!

➡️Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, “Yuksalish” harakati Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari E.Hamrayev Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligida sohaga oid mas’ullar ishtirokida jamoatchilik monitoringi o‘tkazmoqda.

➡️Monitoring davomida Samarqand viloyati hokimining 2025-yil 18-fevraldagi 49-7-0-Q/25-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Hududiy dastur” ijrosi, xususan, viloyatda “Terassa” usulida daraxt ko‘chatlarini ekish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

⚡️Jarayonda Samarqand viloyat Kengashi deputati E. Hamraev hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirok etib, hududlarda olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ekilgan ko‘chatlarning holati, bajarilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilmoqda.

Monitoring davomida:
✅ amalga oshirilgan ishlarning bugungi holati;
✅ ko‘chat ekish jarayonlarining sifat darajasi;
✅ yer maydonlaridan samarali foydalanish;
✅ hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar atroflicha o‘rganiladi.

👍Bunday jamoatchilik monitoringlari hududiy dasturlar ijrosida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ekologik tashabbuslarning samaradorligini oshirish hamda aholi manfaatlar iga xizmat qiluvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5