Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
Kengash qarori ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati G.Mirzayeva hamda tuman Kengashi deputatlari B.Suyunov, X.Xazratova va G.Xusanovalar ishtirokida Kengash qarorining ijrosi yuzasidan nazorat-o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

📊O‘rganish davomida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining tegishli qarori bilan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, belgilangan tadbirlarning amaliy ijrosi hamda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

💠Jumladan, kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda infratuzilma obyektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ta’mirlash va tiklash ishlari, ajratilgan mablag‘larning samaradorligi hamda bajarilayotgan ishlarning sifati yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

✍️Shuningdek, deputatlar tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, bajarilayotgan ishlarning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi hamda ularning o‘z vaqtida yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

✔️O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7