Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: CHORVACHILIK VA VETERINARIYA SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
30-IYUN — YOSHLAR KUNI munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
янв.21
TUMAN DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR SIYOSATI YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
3-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI VA QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan tumandagi Arobota mahallasida joylashgan 3-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

💠O‘rganish davomida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagog va texnik xodimlarning faoliyati hamda tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlanishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

💠Jumladan, guruh xonalari, yotoqxona va o‘yin maydonchalari, oshxona, tibbiyot xonasi hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi. Tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar atroflicha o‘rganildi.

💠Shuningdek, muassasada faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlarning mehnat faoliyati, ularning ish samaradorligi, bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonidagi yondashuvlari hamda ota-onalar bilan hamkorlik ishlari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

💠O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlash sharoitlari, oshxona faoliyati, kunlik taomnoma asosida ovqatlantirish jarayonlari ham alohida e’tiborga olindi. Mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, sanitariya talablariga muvofiqligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

💠Bundan tashqari, deputat tomonidan maktabgacha ta’lim sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan ham o‘rganish olib borildi. Xususan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarining muassasa faoliyatidagi ijrosi tahlil qilindi. Ta’lim sifatini oshirish, bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida ko‘rib chiqildi.

💠Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom, bilimli va barkamol voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, xodimlarning mas’uliyatini kuchaytirish hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

✔️O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni davom ettirish lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 7