Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

So‘rovda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-347-sonli qarori ijrosi hamda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish masalasi ko‘tarilgan.

Xususan, bo‘lim faoliyati natijalari va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi hamda sessiyasida muhokama qilish uchun asoslantirilgan ma’lumotlar so‘ralgan.

Shuningdek, davlat siyosati ijrosini ta’minlash, belgilangan vazifalar bajarilishi va erishilgan natijalar yuzasidan batafsil axborot taqdim etish talab etilgan.

Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘rovi yuzasidan 10 kun muddat ichida yozma javob taqdim etilishi lozim.