Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI VA DEPUTATLARI TOMONIDAN 2026-YIL 29-IYUNDAN – 3-IYULGACHA AMALGA OSHIRILISHI BELGILANGAN CHORA-TADBIRLAR REJASI
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Qo‘ng‘irot mahallasidagi kanallar holati deputat nazoratida

Qo‘ng‘irot mahallasidagi kanallar holati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati R. Shamanov tomonidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbarining suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan sessiyaga kiritilayotgan masala doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida deputat Qo‘ng‘irot mahallasi hududidagi irrigatsiya kanallari va suv xo‘jaligi obyektlarining holatini ko‘zdan kechirdi. Kanallarning texnik ahvoli, suv o‘tkazish imkoniyatlari, tozalash ishlari hamda suv taqsimotining samaradorligi yuzasidan mavjud holat tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilib, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 3