Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING QAROR
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB OʻRGANISH OLIB BORILDI
янв.21
Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
янв.21
MAHALLA INFRATUZILMASI HOLATI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi

Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulovning navbatdagi sayyor qabuli “Buyuk ipak yo‘li” mahallasidagi 41-umumta’lim maktabi binosida o‘tkazildi. Unda tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Sayyor qabulda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputati Svetlana Jumayeva ham qatnashdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. Aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha mablag‘ talab etadigan yoki sud-huquq sohasiga oid masalalar yuzasidan esa tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, deputat Svetlana Jumayeva o‘z saylov okrugiga qarashli “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida mavjud ayrim muammolarni hal etish yuzasidan tuman hokimiga murojaat qilib, aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratdi.

Sayyor qabul davomida ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yoshlar masalalari hamda boshqa ijtimoiy muammolar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etishda muhim o‘rin egallaydi.

Slide 1 of 4