Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputati F.Sarimsakov tomonidan joriy yilning 23-may kuni Yangikent MFY Do‘stlik ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish hamda bolalar maydonchasi holatini yaxshilash masalasida deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur murojaat yuzasidan «KUXINUR SITI-SSS» MCHJ BSK tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi va chora-tadbirlar belgilandi:
Sanitariya va obodonlashtirish ishlari: Hududda joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazilib, ko‘p qavatli uylar atrofi va unga tutash maydonlar turli o‘tlardan tozalandi. Sanitariya holati yaxshilanib, tartibga keltirildi.
Yangi bolalar maydonchasi qurilishi: Hududdagi mavjud bolalar maydonchasi qurilmalari eskirganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2026-yil 30-apreldagi VII-26-70-3-49-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturga asosan, Yangikent MFY hududida 2026-yil davomida qiymati 350 mln so‘m bo‘lgan yangi bolalar maydonchasini qurish belgilangan.
Piyodalar yo‘laklari: Dastur doirasida mazkur hududdagi ko‘p qavatli uylar atroflarida piyodalar yo‘laklarini betonlash ishlari ham amalga oshirilishi kiritilgan.