Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati G.Xolmatova tuman Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-27-8-211-K/26-sonli qarori asosida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini o‘rganish maqsadida hududlarda monitoring olib bordi.

✅O‘rganishlar davomida deputat “Quduqsoy” MFYda istiqomat qiluvchi, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan hamda I-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Mamatmo‘minova Maftuna Mamatg‘ani qizi xonadonida bo‘ldi.

✅Tashrif davomida xonadonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy ko‘mak ishlari, yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar, jumladan, uy devorlari va tom qismini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatish, shuningdek, quyosh panellari va geliokollektorlarni joriy etish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

✅Deputat tomonidan bajarilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

✅Mazkur sa’y-harakatlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2