Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — INSON QADRI MEZONI: MAHALLADA EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O'RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLASDA XOTIN-QIZLAR MASALASI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputatlari Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna hamda Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan Parkent tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida markaz xodimlarining ish jarayoni, kitoblar fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifati yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar va qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. O‘rganish jarayonida muassasa faoliyatining bugungi holati, mavjud imkoniyatlar hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Markaz xodimlari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida ayni paytda kutubxonada 52 ming 937 ta kitob mavjudligi, umumiy fond 66 ming 722 tani tashkil etishi hamda kitobxonlar soni 9 ming 427 nafarga yetgani ma’lum qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida muassasa xodimlarining muammo va takliflari tinglanib, axborot-kutubxona markazi faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Slide 1 of 5