O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, nafaqa va moddiy yordamlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar holati ko‘rib chiqildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 59 nafar fuqaroga ijtimoiy nafaqa tayinlangan bo‘lib, 121 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, 4 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi topshirilgan, 21 nafariga esa oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, nogironlar poyabzali hamda hassalar bilan amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu oʻrganishdan maqsad — ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilashdan iborat.