Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — INSON QADRI MEZONI: MAHALLADA EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O'RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLASDA XOTIN-QIZLAR MASALASI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.O‘rganish davomida deputat tuman hokimining Davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi Dilshod Azimboyev bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida tuman bo‘yicha 2026-yilning dastlabki 4 oyi davomida hududdagi tashqi yozuvlar — peshlavha, reklama hamda boshqa turdagi e’lon va axborot matnlarining davlat tilida, imlo qoidalariga muvofiq va xatolarsiz yozilishini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.Xususan, o‘rganishlar davomida o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan jami 86 ta tashqi yozuv aniqlangan bo‘lib, shundan 17 tasi peshlavha, 29 tasi reklama hamda 40 tasi boshqa turdagi e’lon va axborot matnlaridan iborat ekani, olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida ularning 77 tasi o‘zgartirilgani qayd etildi.Shuningdek, deputat tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan “Parkent tumanidagi ayrim geografik obyektlarni qayta nomlash toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan ham suhbat olib borildi.Suhbat davomida Dilshod Azimboyev mazkur masala “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Jumladan, ushbu masalaga dahldor taklif hozirda 15 kunlik jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani, muhokama yakunlangach hududiy adliya bo‘limiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilishi, hududiy adliya bo‘limining ijobiy xulosasi olinganidan so‘ng bildirilgan takliflar inobatga olinib, masala Xalq Deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3