Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — INSON QADRI MEZONI: MAHALLADA EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O'RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLASDA XOTIN-QIZLAR MASALASI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
Deputat mahallada Bog‘chami yoki xavf manbai? 17-MTMdagi ayanchli holat deputatlar nazoratida

 Bog‘chami yoki
xavf manbai? 17-MTMdagi ayanchli holat deputatlar nazoratida
 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va ishchi guruhi tomonidan joylardagi maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish davom
etmoqda. Ammo navbatdagi nazorat tadbiri davomida aniqlangan holatlar hech
kimni befarq qoldirmaydi.
 

8-Oybek saylov
okrugidan saylangan deputat (O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi), Kengash raisi
A. Ibragimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi L. Iskandarov tomonidan
tumandagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTM) ko‘zdan
kechirilganda, muassasadagi holati umuman talabga javob bermasligi aniqlandi.
 

O‘rganish
davomida quyidagi jiddiy kamchiliklar qayd etildi:
 

Oshxonadagi ahvol
achinarli: Taom tayyorlanish joyida tozalik qoidalariga mutlaqo amal
qilinmagan.
 

Oshxonadan
chiqqan chiqindilar va qoldiqlar o‘z vaqtida tashib ketilmay, bog‘cha
hududining o‘zida yig‘ilib qolgan.
 

Ariqlardagi
dimlangan suv va axlat: Muassasa ariqlarida to‘planib, sasib qolgan suv va
uyulib yotgan chiqindilar kishini seskantiradigan darajada ayanchli manzarani
yuzaga keltirgan.
 

Ekologiya va
atrof-muhitga zarar: Bog‘chaning kir yuvish xonasidan

(prachkadan)
chiqayotgan kimyoviy vositalar bilan ifloslangan oqova suvlar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq ariqqa oqizib qo‘yilgan. Bu esa atrof-muhitga va shu
hududda yurgan bolalar sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
 

Xo‘sh, bog‘cha
rahbariyati va mas’ullar qayoqqa qaramoqda? Muassasada nazorat va mas’uliyat
shu qadar tashlab qo‘yilganki, jajji bolajonlarimizning salomatligi
ochiqdan-ochiq xavf ostida qolmoqda. Bog‘cha — bu bolaning ikkinchi uyi, u
yerdagi tozalik esa eng birinchi navbatdagi talab bo‘lishi shart!
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 4