#24_ta_masala
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugi hududida joylashgan 26-umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sport zali, jihozlar hamda sport anjomlari ko'zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat olib borildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|