Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
янв.21
“AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini, Oqyo‘l ko‘chasi 31-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Z.Jo‘rayevaning murojaati asosida tashkil etildi.

Fuqaro tomonidan yashash xonadonini ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, avvalroq “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari ajratilishi rad etilgani ma’lum qilingan.

Mazkur holatni atroflicha o‘rganish maqsadida kotibiyat mudiri mahallaning ijtimoiy xodimi hamda tegishli mutasaddilar bilan birgalikda fuqaroning yashash sharoitini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida xonadonning mavjud holati, oilaning ehtiyojlari va murojaatning asoslari muhokama qilinib, fuqaroga amaldagi qonunchilik va mavjud tartib-qoidalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, masalani qonuniy asosda ijobiy hal etish, fuqaroning murojaatini qayta ko‘rib chiqish hamda zarur amaliy yordamni tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanganidek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2