Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
янв.21
“AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi

Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi

Bugun Boysun tumanidagi Ko‘p tarmoqli poliklinikada "Sog‘lom jamiyat — kuchli davlat" shiori ostida aholi o‘rtasida ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Mazkur xayrli tashabbus O‘zbeksiton Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi, Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligi aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Tibbiy ko‘rik doirasida aholiga yuqori malakali, tor doiradagi tibbiyot mutaxassislari tomonidan keng qamrovli tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Jumladan, fuqarolarning salomatligi tekshirilib, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, profilaktik tavsiyalar berish hamda zarur holatlarda mutaxassis shifokorlar maslahatidan foydalanish imkoniyatlari yaratildi.

Shuningdek, tibbiy ko‘riklar jarayonida aholiga terapevt ko‘rigi, kardiolog maslahati, nevrolog ko‘rigi, endokrinolog xizmati, LOR va ko‘z shifokori ko‘rigi, UZI hamda laboratoriya tekshiruvlari kabi yo‘nalishlarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi.

Mazkur tadbirda jami 100 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 45 nafarida turli kasalliklar aniqlanib, ularga zaruriy davolash choralarini ko‘rish belgilandi hamda bemorlar mutaxassislar nazoratiga olindi.

Bunday tibbiy ko‘riklar aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va tibbiy madaniyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 10