Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
янв.21
“AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Deputatlik nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyadan kelib chiqib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati A.Mahkamov tomonidan Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida aholini qiynab kelayotgan ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona ko‘chasidan oʻtgan magistral ichimlik suvi tarmog‘ida bir necha kun avval avariya holati yuzaga kelgan. Fuqarolar tomonidan dispetcherlik bo‘limiga ushbu nosozlik haqida bir necha bor murojaatlar qilingan bo‘lsa-da, muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmagan.

Mazkur holat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan tezkor muloqot olib borildi. Suhbatlar davomida avariya oqibatlarini qisqa muddatda bartaraf etish va aholining ichimlik suvi ta’minotini tiklash yuzasidan tegishli kelishuvlarga erishildi.

Ta’kidlash joizki, hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etish mahalliy Kengash deputatlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu kabi o‘rganishlar fuqarolar murojaatlariga e’tibor kuchayib borayotganini hamda xalq bilan ochiq muloqot tamoyili amalda o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatmoqda.

Aholi esa ichimlik suvi kabi hayotiy ahamiyatga ega masalalarning tezkor hal etilishidan umidvor ekanini bildirib, mutasaddi tashkilotlardan tizimli va mas’uliyatli yondashuv kutayotganini ta’kidladi.

Slide 1 of 5