Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
янв.21
“AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati U.Fayziyeva va xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov tomonidan "Qichqiriq" MFY hududidagi 432-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oshxona faoliyati, sanitariya-gigiyena talablari hamda oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✅ Shuningdek, muassasadagi mavjud kamchiliklar ham o‘rganilib, bolalarning jismoniy rivojlanishi va sog‘lom hordiq chiqarishi uchun mo‘ljallangan basseyn hududida yetarli sharoit mavjud emasligi aniqlandi. Jumladan, basseyn faoliyat yuritmayotgani hamda bolalarning suzish mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yetarli darajada emasligi qayd etildi.

✅ Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish, basseyn hududini ta’mirlash hamda bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoit yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

📎 Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash, bolajonlar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga xizmat qilishi qayd etildi.
Slide 1 of 5