Xususan, deputat O.Jumanazarov tomonidan mahalla faollari ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, deputat “Muqimiy” mahallasida joylashgan 23-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida muassasada amalga oshirilgan ishlar hamda sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rnatilgan elektr energiyasini tejashga yo‘naltirilgan jihozlarning joriy etilishi va ularning samaradorligi bilan tanishildi.