Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA QONUN IJROSI OʻRGANILDI.
янв.21
Deputat tashabbusi Xotira turniri
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN DEHQONOBOD MAHALLASIDA UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
UZUMZOR MAHALLASIDA “YETTILIK” FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGINI TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
USTALAR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZABOZOR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
VAZIRLAR MAHKAMASINING 799-SON QARORI IJROSI JOYLARDA O‘RGANILDI
янв.21
BOGʻZOR NOMLI MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Оziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy-tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini o‘rganish maqsadida tumandagi markaziy dehqon bozorida monitoring o‘tkazildi.

🔷O‘rganish davomida go‘sht, sut va sut mahsulotlari, sabzavot va mevalar, un va yog‘ mahsulotlari kabi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari tahlil qilindi. Shuningdek, mahsulotlarning sifati, savdo jarayonlarining shaffofligi hamda sanitariya holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

🔷Deputatlar tomonidan bozor ma’muriyatiga ayrim mahsulotlar narxlarining asossiz oshirilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlar tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔷Mazkur o‘rganish aholi manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3