Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DAVLAT TILI QONUNI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH VA MONITORING ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Bog‘ot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar rejasida belgilangan loyihalar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Tuman sport maktabida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘RGANILDI
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI YUZASIDAN O'RGANISH OLIB BORILDI.
янв.21
MAKTAB SPORT ZALLARIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
Yoshlar sporti e’tiborda: Deputat 11-maktabdagi sport infratuzilmasini o‘rgandi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Qobil To‘rayev tomonidan yoshlar sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida Guliston shahri Ahillik mahallasida joylashgan 11-son umumta’lim maktabida monitoring o‘tkazildi.

🔸O‘rganish davomida maktabning sport zali, undagi sport anjomlari mavjudligi, jihozlarning texnik holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔺Shuningdek, deputat tomonidan sport zali atrofida mavjud bo‘lgan bo‘sh hududlardan yanada samarali foydalanish, ushbu maydonlarni qo‘shimcha sport va sog‘lomlashtirish infratuzilmasiga moslashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, ta’lim muassasalarida mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda sport infratuzilmasini kengaytirish yoshlarning jismoniy kamoloti va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, bu boradagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilishi bildirildi.

✅Yoshlar uchun yaratilayotgan har bir sport maydoni — kelajak avlod salomatligiga qaratilgan sarmoyadir.

Slide 1 of 2