Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi

Bugungi kunda davlat boshqaruvida aholining dardini eshitish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli yechim topish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki xalq bilan bevosita muloqot qilish, joylarda mavjud muammolarni ochiq muhokama etish orqali boshqaruv tizimining samaradorligi oshadi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi. Shu bois aholi murojaatlarini tinglash va ularni hal etish masalasi ijtimoiy adolat hamda ochiq siyosatning muhim mezoniga aylangan. 

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat N. Ubaydullayev tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur qabul jarayoni fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar, tashkilot rahbarlari, kotibiyat xodimlari A.Nurmatov, M. Abdulmajidov hamda deputatlar B. Xalilov, O. Yusupov va A. Nishanov ishtirok etdilar. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar batafsil tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirish va yo‘nalishlar berildi. 

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida bir qator masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish hamda amaliy yechim ishlab chiqish uchun mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar muammolarini tizimli hal etish, ularni ortiqcha murojaatlarsiz tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4