Oʻrganishda deputat mahallada aholi va bolalar uchun sport inshooti, umumta’lim maktabi, sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, shuningdek, ularning jihozlari holati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mavjud infratuzilmaning bugungi holati, undan foydalanish darajasi hamda uni yanada rivojlantirish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.
Shu bilan birga, sport zallarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, yoshlarni muntazam jismoniy tarbiya va sportga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga sport infratuzilmasini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelgusida bu boradagi ishlar deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.