O‘rganish davomida yoshlar orasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari yuzasidan fikr almashilib, faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, deputat tomonidan mahalla hududida fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, ijtimoiy-maishiy muammolar hamda takliflar tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.
Maqsad: Mahallani ishsizlikdan xoli hududga aylantirish va aholi farovonligini oshirish!