Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUROJAATLAR VA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
HUNARMAND MAHALLASIDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
OʻZGARISH MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI.
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (OʻRQ-642- SON ) IJROSI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
NAMUNA MAHALLASIDA SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI VA YUKLATILGAN VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
NAYMAN MAHALLASDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
BERUNIY MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNING BARVAQT OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMANDAGI TASHKILOTLAR BILAN DOIMIY KOMISSIYA A'ZOLARI HAMKORLIGI
🔰 Kosonsoyda muqaddas qadamjolar obod bo‘lmoqda

 Kosonsoyda muqaddas qadamjolar obod bo‘lmoqda

🏦Tarixiy obidalar jamiyat ma’naviyatini boyitib, Vatan, xalq va ajdodlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiradi. Shu bois so‘nggi yillarda madaniy merosni asrash va kelajak avlodlarga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🗓️Kosonsoy tumanidagi Shayx Sayyid Yusufxonto‘ra Eshon ziyoratgohi ham ana shunday tabarruk maskanlardan biri hisoblanadi. “Soycha” mahallasida joylashgan ushbu majmua XVIII asrga mansub bo‘lib, Farg‘ona vodiysiga xos an’anaviy uslubda barpo etilgan. Peshtoq-gumbazli ziyoratxona, hovli va tabiiy manzara uyg‘unligi uning betakror ko‘rinishini ta’minlaydi. Ziyoratxona gumbazining yigirma qirrali poygumbazga o‘rnatilgani, burchaklardagi murakkab me’moriy yechimlar esa uning o‘ziga xosligini namoyon etadi.

✍️Rivoyatlarga ko‘ra, Shayx Sayyid Yusufxonto‘ra Eshon ilmli va taqvodor inson bo‘lib, insonlarga yordam bergan, bemorlarni dam solib davolagan. U kishining vasiyatiga ko‘ra, chillaxona yoniga dafn etilgan va bu joy yillar davomida ziyoratgoh sifatida e’zozlab kelinmoqda.

🌐Bugungi kunda ziyoratgohni asrab-avaylash, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish va restavratsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qariyb 1 milliard 365 million so‘m ajratilgan.

🔷Bugun Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati tumani hokimi Dilmurod Qodirov mazkur ziyoratgohda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shu yerning o‘zida u mas’ullarga restavratsiya ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklarni yaratish hamda tarixiy obidaning asl qiyofasini saqlab qolish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 6