O‘rganish jarayonida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, karantin talablariga rioya etilishi, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur o‘rganish ishlari davomida qonun ijrosini ta’minlash, o‘simliklar salomatligini muhofaza qilish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.