Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
янв.21
“AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan saylov okrugi hududida aholi foydalanishi uchun mo‘ljallangan chiqindi to‘plash joylari hamda ularning sanitariya holati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalari, konteynerlarning texnik holati, ularning joylashuvi hamda atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’siri chuqur tahlil qilindi.

 Tahlillar natijasida ayrim chiqindi to‘plash joylari va konteynerlar belgilangan sanitariya va texnik talablarga to‘liq javob bermasligi aniqlanib, mavjud kamchiliklar qayd etildi.

 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar va mas’ul idoralarga deputatlik tartibida murojaatlar yo‘naltirildi. Hozirgi vaqtda mas’ullar tomonidan chiqindi to‘plash joylarini ta’mirlash, yangilash hamda tartibga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

 Mazkur chora-tadbirlar hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining yashash sharoitini yaxshilash hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5