Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
янв.21
“AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI
янв.21
19-may — Xalqaro shifokorlar kuni
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Deputat murojaat asosida fuqaro muammosini o‘rgandi

♻️ Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan Arabota mahallasida yashovchi fuqaro Gʻ.Do‘sanovning murojaati asosida uning xonadonida o‘rganish ishlari olib borildi.

🌴 O‘rganish jarayonida fuqaroning tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq masalalari atroflicha ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 1 apreldagi “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-681-sonli Qonuni mazmun-mohiyati fuqaroga batafsil izohlandi.

🌿Shuningdek, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

✔️Mazkur uchrashuv fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning huquqiy xabardorligini oshirish va joylarda mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3