Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN PERINATAL MARKAZIDA (№O‘RQ-574-SONLI) QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: BERUNIY NOMLI MAHALLADAGI XOTIRA XIYOBONI ATROFI OBODONLASHTIRILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI VA DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA TIBBIY XIZMATLAR HAMDA IJTIMOIY LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
BERUNIY NOMLI MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI TOMONIDAN TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA MIKROLOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MUROJAATLAR VA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
HUNARMAND MAHALLASIDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR HOLATINI O‘RGANDI.
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 5-Navoiy saylov okrugi deputati Z.Umurzakov tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori S.Mamayusupovga deputatlik so‘rovi yubordi.
Deputat so'rovida Zarbdor tumanining D060 “Pishag‘or q. – Zarbdor temir yo‘l stansiyasi – D042 (56 km.ga chiqish)” avtomobil yo‘lining mavjud qoplamasi yaroqsiz holga kelgani aniqlandi. Xususan, yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planishi, yo‘l yuzasining yemirilishi hamda qatnov qismida nosozliklar yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda.
Mazkur holat fuqarolar hamda avtotransport vositalarining erkin va xavfsiz harakatlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Shu munosabat bilan, ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida D060 avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4