Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIY XIZMAT SIFATI VA AHOLI SALOMATLIGI E’TIBORDA
янв.21
FUQAROLARGA KIBERMAKONDAGI XAVF-XATARLAR VA ULARDAN HIMOYALANISH YO‘LLARI TUSHUNTIRILDI
янв.21
O‘SIMLIKLAR KARANTINI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NURLI MASKAN MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

 Avval xabar qilinganidek, tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova tomonidan Boyovut tumani “Bunyodkor” mahallasida joylashgan bolalar o‘yingohi hududidagi muammo yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rov ijrosi yuzasidan bugun tuman hokimi o‘rinbosari Avazbek Alashukurov, tuman deputati, kotibiyat mudiri hamda mutaxassislar ishtirokida muammoni joyida atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida o‘yingoh hududida yog‘ingarchilik natijasida suv to‘planib qolayotgani, bu esa bolalar va yoshlar uchun noqulaylik tug‘dirayotgani yana bir bor ko‘zdan kechirildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan mazkur sport maydonchasini ta’mirlash, hududni obodonlashtirish hamda zamonaviy workout va boshqa sport uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Mazkur masala ijrosi doimiy nazoratga olinib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 7