Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MUSIQA VA SANʼAT MAKTABIDA OʻRGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
GʻALABA MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI OʻRGANILDI.
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALASI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
BERUNIY MAHALLASIDA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
MAHALLADA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIY XIZMAT SIFATI VA AHOLI SALOMATLIGI E’TIBORDA
янв.21
FUQAROLARGA KIBERMAKONDAGI XAVF-XATARLAR VA ULARDAN HIMOYALANISH YO‘LLARI TUSHUNTIRILDI
янв.21
O‘SIMLIKLAR KARANTINI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NURLI MASKAN MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Jamoatchilik nazorati

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya Kengashi tomonidan deputatlar bilan birgalikda Yashil Makon umummilliy loyihasi doirasida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli Mustaqillik ko‘chasida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mazkur hududda ekilgan daraxt ko‘chatlarining holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijasida hududda jami 1300 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgani ma’lum bo‘ldi. Asosan katalpa, archa va qarag‘ay turidagi ko‘chatlar ekilgan.

Shu bilan birga, ayrim muammolar ham aniqlandi. Jumladan, yer tarkibida sho‘r miqdori yuqori ekanligi hamda sug‘orish tizimi nosos holatda bo‘lganligi sababli ko‘chatlarni parvarishlashda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan, mavjud holat bo‘yicha tegishli hujjatlar bilan tanishildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga xabar berildi.

Slide 1 of 6