Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUHIM MASALA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR SARI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI VA DEPUTATLARI TOMONIDAN 2026-YIL 29-IYUNDAN – 3-IYULGACHA AMALGA OSHIRILISHI BELGILANGAN CHORA-TADBIRLAR REJASI
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
#Doimiy_komissiya_faoliyati

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlariSariosiyo tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig'ilishi boʻlib o'tdi.

Kun tartibida 8 ta masala ko'rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala - Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi bo‘yicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti.

Kun tartibidagi ikkinchi masala - Sariosiyo tumanida 2026-yilda Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari hamda noruda qurilish materiallariga belgilangan qat’iy soliq stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlarning miqdorini belgilash to‘g‘risida.

Kun tartibidagi uchinchi masala - Sariosiyo tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala - Xalq deputatlarining tumani Kengashining VII-12-116-8-116-K/25-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida.

Kun tartibidagi beshinchi masala - Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Kun tartibidagi oltinchi masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorini tumanda ijrosi to‘g‘risida.

Kun tartibidagi yettinchi masala -Tumanda kambag‘allik va ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi daromadini oshirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarorini ijrosini ta’minlash haqida.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala - Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-186-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash yuzasidan Sariosiyo tumani hokimligi apparati tuzilmasi va shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-13-132-8-116-K/25-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida.

Slide 1 of 4