Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
#nazorat #o'rganish

Bolajonlarning munosib sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi — doimiy e’tiborimizda. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Zuhra Pulatova o‘z saylov okrugi hududida joylashgan 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida asosan quyidagi masalalarga urg‘u berildi:

🔥 Issiqlik tizimi: Qishki mavsumda guruh xonalaridagi harorat darajasi, isitish tizimining barqaror ishlashi va energiya tejamkorligi holati ko‘zdan kechirildi.

😀 Sifatli ovqatlantirish: Bolajonlarga berilayotgan taomlarning sifati, taomnomaning tasdiqlangan me’yorlarga mosligi va oshxona blokidagi sanitariya holati ko‘rildi.

😀 Ta’lim jarayoni: Mashg‘ulot xonalarining jihozlanishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan metodik sharoitlar va guruhlardagi davomat o‘rganildi.

Suhbat davomida tashkilot ma’muriyati va tarbiyachilarning muammolari tinglandi. Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va nazoratga olish belgilandi.

Farzandlarimiz salomatligi va tarbiyasi — kelajagimiz poydevoridir!

Slide 1 of 6