Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kun dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ijrosi joyiga chiqib oʻrganildi.
янв.21
TUMANDAGI 133 NAFAR FUQARONING MULKIY HUQUQLARI EʼTIROF ETILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI OʻRGANILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASALASI DOIMIY NAZORATDA
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA'MINOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
#uchrashuv #qabul #yettilik

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish an’anaga aylangan. Shahrimizning ikki hududida deputatlarning navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

🔹 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov — “Zarbuloq” mahallasi binosida;

🔹 2-okrug deputati Abdujabbor Djurayev — “Navro‘z” mahallasi binosida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvlarda faqatgina murojaatlarni tinglash bilan cheklanilmasdan, ularning yechimiga kompleks yondashildi:

✅Har bir murojaat tegishli soha vakillari bilan birgalikda tahlil qilindi va yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik yo‘naltirmalari berildi.

✅Qabulda bevosita ishtirok etgan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda bir qator maishiy va ijtimoiy muammolar shuning o‘zida, joyida ijobiy hal etildi.

"Deputatning asosiy vazifasi — xalq va davlat idoralari o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lishdir. Mahalla yettiligi bilan bir jamoa bo‘lib ishlashimiz murojaatlarning tezkor va sifatli hal etilishini ta’minlamoqda," — deydi deputatlar.

Slide 1 of 7