Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIY XIZMAT SIFATI VA AHOLI SALOMATLIGI E’TIBORDA
янв.21
FUQAROLARGA KIBERMAKONDAGI XAVF-XATARLAR VA ULARDAN HIMOYALANISH YO‘LLARI TUSHUNTIRILDI
янв.21
O‘SIMLIKLAR KARANTINI SOHASIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NURLI MASKAN MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
DEPUTAT NAZORATIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qaror — “2026–2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2026-yilda Pastdargʻom tumani, Esaboy MFY hududidagi 43-son umumta’lim maktabida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

 Loyiha doirasida maktab hududida qo‘shimcha 240 o‘rinli yangi o‘quv bino qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha hududdagi o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Ayni paytda qurilish ishlari hali boshlanmagan.

Ushbu masala xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda loyiha ijrosini jadallashtirish, belgilangan muddatlarda ishlarni boshlash va sifatli amalga oshirish yuzasidan qat’iy nazorat olib borilmoqda.

 Jarayon bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etib boriladi.

Slide 1 of 4