Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUROJAATLAR VA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
HUNARMAND MAHALLASIDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
OʻZGARISH MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI.
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (OʻRQ-642- SON ) IJROSI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
NAMUNA MAHALLASIDA SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI VA YUKLATILGAN VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
NAYMAN MAHALLASDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
BERUNIY MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNING BARVAQT OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMANDAGI TASHKILOTLAR BILAN DOIMIY KOMISSIYA A'ZOLARI HAMKORLIGI
Deputatlar_faoliyati

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati A.Pardayev “Farovon” saylov okrugida bo‘lib, okrugdagi “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.Yig‘ilishda deputat tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, mahallada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida deputat mahalla faollari tomonidan berilgan savollarga javob berib, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yaqindan tanishdi. Shuningdek, aniqlangan mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqilib, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Slide 1 of 8