Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN MAHALLASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: BERUNIY NOMLI MAHALLADAGI XOTIRA XIYOBONI ATROFI OBODONLASHTIRILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI VA DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA TIBBIY XIZMATLAR HAMDA IJTIMOIY LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
BERUNIY NOMLI MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI TOMONIDAN TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA MIKROLOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MUROJAATLAR VA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
HUNARMAND MAHALLASIDA INFRATUZILMANI YAXSHILASH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
OʻZGARISH MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI.
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (OʻRQ-642- SON ) IJROSI HOLATI OʻRGANILDI
MUNOSABAT

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbirda so'zlagan nutqi ta'lim tizimidagi islohotlar va o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yangiliklar bizni, maktab rahbarlarini, o'z o'rnimizdagi mas'uliyatni yanada kuchaytirish va ustozlarimizga bo'lgan hurmatni yanada yuksaltirishga undaydi.

Yurtboshimizning ta'lim sohasidagi ijtimoiy hamda iqtisodiy o'zgarishlarni o'zgacha talqinda tahlil qilgani va har bir muallimni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surgani uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.

Maktab ta'limini rivojlantirishga yo'naltirilgan amaliy qadamlar o'qituvchilarning o'z mehnatiga bo'lgan hurmatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, maktab rahbarlariga bo'lgan yuksak e'tibor va pedagogik jamoa uchun taqdim etilgan yangi imkoniyatlar – bu bizning sohamizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Yangi imtiyozlar va imkoniyatlar taqdim etilishi, shuningdek, o'qituvchilarning ijodiy va kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladigan amaliyotlar jamoamiz uchun juda muhim. Ta'lim tizimining yanada mustahkamlanishi, o'quvchilarimizni yuksak bilim va ma'naviyat asosida tarbiyalashda bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.

Bugungi kungacha olib borilgan ishlar va amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta'lim tizimini yanada barqaror qilishga va har bir yosh avlod uchun yuqori sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan islohotlaringizdan keyin

Biz, maktab rahbarlari, o'z navbatimizda, bu islohotlarni to'liq qo'llab-quvvatlaymiz va o'qituvchilarimizni yanada samimiy va ishtiyoq bilan ishlashga ilhomlantiramiz.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Dusmatova Nadira Zairkulovna. 

Slide 1 of 1