Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — INSON QADRI MEZONI: MAHALLADA EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O'RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLASDA XOTIN-QIZLAR MASALASI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi, kelajagimiz egalari bo‘lmish bolajonlar salomatligi holatlari doimiy ravishda o‘rganib kelinmoqda.

 O‘zbekiston
“Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida
tarbiyalanuvchi, kelajagimiz egalari bo‘lmish bolajonlar salomatligi holatlari doimiy
ravishda o‘rganib kelinmoqda.
 

  

Deputat Baxodir Axmadjonov Farg‘ona tumanidagi 44-sonli
maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida
u avvalo bolalar sog‘lom ovqatlanishi, ularning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
hamda muassasada yaratilgan sanitariya-gigiena sharoitlariga alohida e’tibor qaratdi. 

Jumladan, fast-fud mahsulotlari va energetik ichimliklar
savdosi holati o‘rganilib, ularning bolalar sog‘lig‘i uchun zararli oqibatlari haqida
mas’ul xodimlarga tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, bolalar ratsionini sog‘lom va to‘yimli ovqatlar bilan boyitish
masalalari muhokama etildi. 

Tashrif
chog‘ida, shuningdek, ta’lim muassasasining 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Muassasada isitish tizimi, elektr ta’minoti,
yoritish vositalari va xavfsizlik choralari holati o‘rganilib, mavjud muammolarni
bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Bunday o‘rganishlardan maqsad — farzandlarimiz sog‘lom,
bilimli va barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning
har tomonlama sog‘lom rivojlanishiga ko‘maklashishdir
 

Slide 1 of 4