Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYA — INSON QADRI MEZONI: MAHALLADA EHTIYOJMAND AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR VA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O'RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLASDA XOTIN-QIZLAR MASALASI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI
янв.21
MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA IJTIMOIY HIMOYA ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MASALALARI DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA”
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘n uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘n uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan Kengashning navbatdagi o‘n uchinchi sessiyasi 2025-yil 16-sentabr kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi.

-Payariq tumani “tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra openbudget.uz portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash hamda moliyalashtirish yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulovning hisoboti to‘g‘risida;

-Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Turdiyevning hisoboti to‘g‘risida;

-Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash va hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Payariq tuman gaz” gaz taminoti bo‘limi boshlig‘i A.Isoqovning hisoboti to‘g‘risida;

-Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamovning axboroti to‘g‘risida;

- Boshqa masalalar. 

Slide 1 of 1