Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal qilindi.
янв.21
Seminar ishtirokchilar Nurafshon shaharchasidagi aholi xonadonlarida ham bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi” asosida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida yerdan samarali foydalanish, qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilish orqali oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Seminar ishtirokchilari jasoratli va mehnatkash ayol — Shakarjon Xo’janiyozovaning uy muzeyini borib ko‘rdi
янв.21
Seminar ishtirokchilarining keying manzili Beruniy mahallasida joylashgan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Inflow” MCHJ hamda ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kobotex” MCHJ korxonalari bo‘ldi.
янв.21
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 1-2-may kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida Bog‘ot tumanini ayollar ishsizligidan xoli tumanga aylantirish, bu borada mahallabay yondashuvni joriy etish va samarali tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha bugun Bog‘ot tumanini xotin-qizlar ishsizligidan holi hududga aylantirish bo‘yicha Respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Marg’ilon shaharda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi tuzilgan.

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Zuhriddin Domilayev tomonidan Qashqar mahalla hududidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmoniga asosan Sut mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish bo’yicha "Abdug‘ofur Baraka" O/K, Poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish bo’yicha "EDGAR 777" MChJ, har hil turdagi plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha "FARG AVTO DETAL SERVISS" MChJ va Poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha YaTT "Mo‘minov Dilshodjon Raximovich" hamda YaTT Abduxakimov Abduqodir Abdupatto o‘g‘li faoliyatlari o’rganildi.

O’rganish davomida Sut mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish bo’yicha "Abdug‘ofur Baraka" oilaviy korxonasida 4 nafar ishchi, Poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish bo’yicha "EDGAR 777" MChJda 2 milliard hisobiga 80 nafar ishchi, har hil turdagi plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha "FARG AVTO DETAL SERVISS" MChJda esa 15 nafar ishchi bandligi ta’minlangani aniqlandi.

O‘rganish davomida samarali nazoratni amalga oshirilib, deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyati bo’yicha rasmiy ro’yxatdan o’tish, faoliyatni rivojlantirish uchun bank kereditlari, yaratiladigan ishchi o’rni bo’yicha batafsil tushunchalar berib o’tildi.

Slide 1 of 5