Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal qilindi.
янв.21
Seminar ishtirokchilar Nurafshon shaharchasidagi aholi xonadonlarida ham bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi” asosida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida yerdan samarali foydalanish, qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil qilish orqali oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Seminar ishtirokchilari jasoratli va mehnatkash ayol — Shakarjon Xo’janiyozovaning uy muzeyini borib ko‘rdi
янв.21
Seminar ishtirokchilarining keying manzili Beruniy mahallasida joylashgan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Inflow” MCHJ hamda ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kobotex” MCHJ korxonalari bo‘ldi.
янв.21
Davlatimiz rahbarining joriy yilning 1-2-may kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida Bog‘ot tumanini ayollar ishsizligidan xoli tumanga aylantirish, bu borada mahallabay yondashuvni joriy etish va samarali tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha bugun Bog‘ot tumanini xotin-qizlar ishsizligidan holi hududga aylantirish bo‘yicha Respublika seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Deputat nazorati

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputatlari X.Ibragimova, U.Abdunazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 591-sonli qarori ijrosini Bekobod shahar Mudofaa ishlari bo‘limida tahlil etildi. Yuqoridagi qaror asosida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, qurol saqlash xonalarini texnik qo‘riqlashni tashkil etish, o‘quvchi yoshlarning harbiy poligonlarda amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish xarajatlari mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanishi
belgilab qo‘yilgan. Tahlil jarayonida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 17 ta umumta’lim maktablarining barchasida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik sinflari barpo etilgan bo‘lib, shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 70,0 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, maktablarda samarali sarflangan. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarning samarasida bekobodlik o‘quvchi-yoshlari yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘q otish bo‘yicha “Qo‘mondon kubogi” viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallaganligi e’tirof etildi.
  

Slide 1 of 3